«RA» (qad. misrliklarning quyosh xudosi nomidan) — papirusdan yasalgan qayiq. Qad. misrliklar kemasi nusxasiga koʻra qurilgan (uz. 12 m, kengligi 5 m). «Ra»da T. Xeyerdal 7 kishidan iborat baynalmilal ekipaj bilan birga qad. misrliklarni Amerikaga suzib borishlari mumkinligini isbotlash maqsadida ekspeditsiya uyushtirgan. 1-urinish (1969) muvaffaqiyatsiz tugagan. 1970-y. «Ra — 2» Safi (Marokash)dan chiqib, 55 sutkada Barbados o. ga yetib borgan. «Ra» ekipaji tarkibida Yu. A. Senkevich (SSSR) ham boʻlgan.