RABOT NEFT KONI

RABOT NEFT KONITojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyatining jan. sharqidagi kon. Konning geologik tuzilishini K. P. Kaliskiy, V. N. Veber va b. urgangan. Rabot neft konida paleozoy, yura, bur, paleogen, neogen va turtlamchi davrlarga mansub jinslardan tuzilgan yotqiziklar mavjud. Paleozoy jinslari toʻq kulrang qumli argillitlar, yura jinslari kulrang gillar va mayda donador qumtoshlardan, bur yotqiziqdari qizgʻish konglomerat, qumtosh, gillar, oq va kulrang ohaktoshlardan tuzilgan. Paleogen yotqiziqlari oq gips, ohaktosh, qumtosh, yashil va kizil rangli gillardan iborat. Neft shu jinslar orasidan topilgan. Kondagi neftning s. ogʻ. 0,827 — 0,879. Tarkibida 0,65—0,80% oltingugurt, 6,55—7,72% parafin mavjud.

Prev Article

RAVON

Next Article

RAVSHAN