RADIOAKTIV IZOTOPLAR — kimyoviy elementning beqaror, parchalanuvchi izotoplari. Radioaktiv izotoplar tabiiy (50 dan ortiq) va lab. sharoitida turli yadro reaksiyalari natijasida olinadigan sunʼiy (1000 dan ortiq) xillarga boʻlinadi. Barcha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari maʼlum. Radioaktiv izotoplar fan va texnika tadqiqotlarida, sanoat, q. x., tibbiyot va b. sohalarda keng qoʻllanadi (q. Izotoplar).