RADIOLA

RADIOLAradiopriyomnik va elektroproigrivatel konstruktiv jihatdan birlashtirilgan radioqurilma; radioeshittirishlarni qabul qilish va gramplastinka qoʻyib eshitishga imkon beradigan mexanizm va dvigatel mustaqil ishlaydi, lekin tovush radiopriyomnikning past chastota kuchaytirgichida kuchaytirilib, radiokarnaydan eshitiladi. Magnitofon va televizor bilan biriktirilgan Radiolalar ham bor.

Prev Article

RADIOKIMYO

Next Article

RADIOLOGIYA