RADIOSPORT

RADIOSPORT — sportning texnik turi, qisqa va ultraqisqa toʻlqinlarda havaskorlik radioaloqalarini oʻrnatish, radiogrammalarni tez qabul qilib olish va uzatish, «tulki ovi» i (pelengatorpriyomniklar yordamida maxfiy uzatgich — «tulki»ni izlash) va b. boʻyicha turli kompleks musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro radiohavaskorlik ittifoqi (1925-y. tashkil etilgan)ga 128 mamlakat aʼzo (1987). Jahon chempionatlari 1925-y. dan buyon oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonda Radiosport 1954-y. dan paydo boʻlgan. Respublika R. chilari sobiqittifoq va jaxrn musobaqalarida muntazam qatnashib mukofotli oʻrinlarni egallaganlar. Yu. P. Kormayev, S. M. Kirviskiy, G. G. Tursunov, S. D. Ju ; ravlev, S. Krasikov, M. V. Ribalov, Y. Rahimov R. ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Hoz. vaqtda Toshkent sh., Toshkent, Fargʻona, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlarida radiotexnika maktablari, shuningdek, sporttexnika klublarida Radiosport boʻyicha 200 ga yaqin seksiyalar ishlab turibdi.

Prev Article

RADIOSPEKTROSKOPIYA

Next Article

RADIOTELEGRAF ALOQA