RAHMAT MAJIDIY

RAHMAT MAJIDIY (1906, Xiva 1986.26.12, Toshkent) — adabiyotshunos. Orenburgdagi «Husayniya» madrasasida oʻqigan (1917—18). Xorazm inqilobidan keyin Toshkentga borib, dastlab «Iqbol» mehnat internat maktabi (1920), Narimonov nomidagi maktab (1922), Urta Osiyo un-ti ishchilar f-ti (1923—25), soʻngra Moskva un-ti huquqftida (1925—28) oʻqigan. Kasallanish orqasida Xorazmga qaytib kelib, viloyat gaz. da muharrir boʻlib ishlagan (1928—30). XXSRning tugatilishi bilan dastlab Samarqandda Oʻzbekiston Oliy sudi kollegiyasida aʼzo (1930), soʻngra Toshkentga koʻchib borib, «Qizil Uzbekistan» gaz. da boʻlim mudiri (1931), Yozuvchilar uyushmasini tashkil etish qoʻmitasida rais (1932 — 33), Yozuvchilar uyushmasida rais (1934) lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1935-y. da Qizil professorlar in-tiga oʻqishga yuborilgan. Oʻqishni tugatgach (1938), Moskvadagi fkalardan biri qoshidagi maktabda oʻquv boʻlim mudiri etib tayinlangan. 1940-y. dan qatagʻon etilguniga qadar (1950), oklangandan keyin ham (1954-y. dan) Toshkentda Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. «Isteʼdod va burch» (1974) va «Ogahiy lirikasi» (1963) kitoblari muallifi.

Prev Article

RAHIMOVA

Next Article

RAHMAT FAYZIY