RAHMONOV Mamajon (1914.21.12, Koʻqon) — teatrshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Sanʼatshunoslik d-ri (1968), prof. (1969). Moskva moliya in-tini (1936), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1954). Oʻzbekiston sanʼat ishlari Boshkarmasida boʻlim boshligʻi (193842), Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi (1942), Mukimiy teatri (1943 — 49), Moskva konservatoriyasi qoshidagi oʻzbek opera studiyasi (1949—51), Navoiy teatri (1957— 60 va 1970—76) direktori. Toshkent konservatoriyasi (1976—79), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1979—85) rektori. Sanʼatshunoslik in-tining teatr va xoreografiya bulimining mudiri (1960—76; 1985-y. dan yetakchi ilmiy xodim). Ilmiy asarlarida oʻzbek teatri tarixi, Hamzaning dramaturgiya va teatr sanʼati sohasidagi faoliyati, Oʻzbek milliy akademik drama teatrining bosib oʻtgan yoʻli tadqiq qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). «Elyurt hurmati» ordeni (2000) va «Shuhrat» medali (1994) bilan mukofotlangan.
As: Hamza va oʻzbek teatri, T., 1959; Oʻzbek teatri tarixi (18—20-a. lar), T., 1968; Shukur Burhonov, T., 1974 (hamkorlikda); Oʻzbekiston teatri (qadimdan 18-a. ga qadar), T., 1981; Hamza nomli oʻzbek davlat akademik drama teatri (1914—1960), T., 2001.