RAJPUT MAKTABI — Hindiston miniatyura maktablariyash biri; 16 — 19-a. larda Rajput knyazlik (roja) lari hududi (Rojaston va Markaziy Hindiston)da mavjud boʻlgan; asosiy markazlari — Mevar, Marvar, Bundi, Kishangarx, Malva va b. R. m. miniatyuralarida Krishna bilan bogʻliq liniy mifologik syujetlar asosiy oʻrin egallaydi; unda muhabbat orqali xudoni anglash («bxakti») gʻoyalari oʻziga xos tarzda aksini topgan. Rajput maktabida, shuningdek, oʻziga xos janr boʻlgan «ragi» yoki «ragini» keng tarqalgan. P.m. uchun tabiatning lirik ibtidosi rivoji, uni nozik his etish xos. 17-a. da Boburiylar davri miniatyura maktabi taʼsirida boʻlgan. P.m. miniatyuralarida shartlilikni saqlab qoldi. Shakllarni tekis yuzadagi talqini, sof toʻyingan tusli jarangdor koloriti, bir maromdagi bezak xususiyatiga ega egiluvchan chiziklari Rajput maktabini hind devoriy rassomligi anʼanalari bilan boglaydi.