RASTRELLI

RASTRELLI Varfolomey [Bartolomeo Franchesko; 1700, Parij (?) — 1771, Peterburg] — rus arxitektori, barokko uslubi vakili. Millati italyan. Peterburgga 1716-y. otasi — xaykaltarosh B. Rastrelli bilan kelgan. 1730—63 y. lar saroy arxitektori bulgan. Uning asosiy ishlari: Rundal (1736—40) va Mitav (1738—40)dagi Biron saroylari, hoz. Pushkin sh. dagi qayta qurilgan Katta Yekaterina saroyi (1752—57), Petrodvores (1747—52), Qishki saroy (1754—62) va b. Kiyevda Rastrelli loyihasi asosida Andreyev cherkovi (1749—53) va Marinsk saroyi (1750—53) qurilgan.

Ad: Kozmyan G. K., F. B. Rastrelli, L., 1976.

Prev Article

RASTR

Next Article

RASUL