REAKTIV HARAKAT — harakatlanayotgan jism (reaktiv dvigatel, snaryad va b.) dan chikayotgan gaz, bugʻ va b. ish jismlari taʼsirida vujudga keladigan harakat. R. h. ni reaktiv tortish kuchi hosil qiladi. Reaktiv tortish kuchi — ish jismi (yonilgʻi yonishidan hosil boʻladigan gazsimon moddalar)ning dvigatelning ish sirtiga koʻrsatadigan bosimiga teng taʼsir etuvchi kuch. R. h. reaktiv dvigatellarda yuz beradi (q. Reaktiv kuch).