REJA

REJA — 1) biror ishni yoki muayyan dasturni tartibi bilan oʻz vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy moʻljal (Mas, maʼruza R. si);

2) muayyan narsani koʻrib chiqish, yondashish usuli, nuqtayi nazar, belgili tartib;

3) qilinayotgan ishning toʻgʻri chiqishi uchun tortilgan ip, sim, chiziq va sh. k.

4) iqtisodiyotda — xoʻjalik subyekti, boshqaruv tizimining ayrim boʻgʻinlari faoliyatining dasturi. Ichki i. ch. rejasi (Mas, firmaning ichki Rejasi) (q. Biznes reja), xalq xoʻjaligi (umumdavlat) Rejasi, regional va tarmoq Rejalari, joriy (1 y. gacha boʻlgan) va istiqbol Rejalar farqdanadi. Yana q. Rejalashtirish.

Prev Article

REYESTR

Next Article

REJISSYOR