REJISSYOR (lot. — boshqaraman) — spektakl; film, tele va radio koʻrsatuv va eshittirishlarini, estrada va sirk dasturlarini sahnalashtiruvchi shaxs. Oʻz ijodiy oʻylari, maqsadi asosida tomoshaning barcha ishtirokchilari — aktyor, rassom, kompozitor, kinoda operator ishini birlashtirib, yangi tomoshaviy voqelik yaratadi (yana q. Rejissyorlik sanʼati).