Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

REKUPERATOR

REKUPERATOR (lot. recuperator — qayta olinadigan) — gaz apparatlarida ish bajarib boʻlgan gazlar issiqligidan foydalaniladigan sirtqi issiklik almashinuv apparati. Rekuperatorda issiklik eltuvchi (gaz)ning issiqligi ajratish devori orqali isitiladigan muhitga uzluksiz uzatiladi. Rekuperatorning toʻgʻri, teskari va aralash oqimli, yassi yoki silindrik sirtli (silliq yoki qovurgʻali), havoni, gazni, suyuqlikni isitkichlar, bugʻlatkichlar, kondensatorlar va b. xillari bor.

Prev Article

REKTOR

Next Article

RELAKSATSIYA