Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

REKVIZITLAR

REKVIZITLAR (huquqda) — muayyan hujjat (Mas, chek, veksel)ni haqiqiy deb topish uchun unda boʻlishi kerak boʻlgan maʼlumotlar. Mas, hujjat nomi, hujjat tuzilgan sana; ishtirokchi tomonlarning nomlari, manzillari; bitim shartlari, javobgar shaxslarning imzolari va h. k.). Buxgalteriya, pul hujjatlari, shuningdek, chet el subyektlari bilan tuziladigan hujjatlarda Rekvizitlarga alohida eʼtibor beriladi.

Prev Article

REKVIZIT

Next Article

REKVIZITSIYA