RELYEF

RELYEF (frans, relief, lot. relevo — koʻtaraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi koʻrinishi, oʻlchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga koʻra turlituman notekisliklar: togʻ, tekislik, payettekislik, adir, yassitogʻ, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va b. pastbalandliklar majmui. Relyef kattaligiga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi: megarelyef (materik doʻngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq boʻlgan shakllar (togʻ sistemalari, tekisliklar); makrorelyef (togʻ tizmalari, togʻlar oraligʻidagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelyef (jarliklar, suv osti kanʼonlari, tepaliklar); mikrorelyef (karst chuqurliklari, jarlar, doʻng tepa, dasht tepaliklari va b.); n a n o relyef (juda kichik chuqurchalar, doʻngchalar va b.). Bu boʻlinish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi Relyefning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari Relyefni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos boʻla olmaydi, chunki bir xil tashqi koʻrinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha boʻlishi mumkin.

Relyef endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali Relyef shakllari hosil boʻladi. Yirik Relyef shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va b. bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va h. k.) odatda, nisbatan maydaroq Relyef shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli Relyeflarni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari b-n toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan Relyef shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. Relyef dagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. Relyefning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va b.) morfoskulыpuralar sifatida ajratiladi.

Relyefning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani oʻrganadi. Relyefni oʻrganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va h. k. da foydalaniladi. Quruklik va okeanlar tubi Relyef saqida Yer maqolasiga q.

Prev Article

RELIKTLAR

Next Article

RELYEF