RELIKTIV NURLANISH (lot. relictum — qoldiq) — kosmik elektromagnit nurlanish. R. n. intensivligi va spektri mutlaq qora jiyemning 2,7 K b-n nurlanishiga mos keladi. Reliktiv nurlanishning mavjudligi toʻgʻrisida birinchi marta 1948-y. da amerikalik olim G. A. Gamov (1904—68), «qaynoq Koinot» nazariyasida tilga olgan. Bu modelga koʻra, Koinot ilk davrda (galaktika va yulduzlar paydo boʻlguncha) oʻta zich va qaynoq (oʻta yuqori trali) boʻlgan. Bu t-ra vodoroddan geliyni sintezlovchi yadro reaksiyalarining boʻlishi uchun yetarli boʻlgan. Sintez tufayli fazo oʻta zich elektromagnit nurlanish bilan toʻyingan boʻlib, kuchsiz qoldiqlari Reliktiv nurlanish koʻrinishida kuzatiladi. Reliktiv nurlanishni 1965-y. da Reliktiv Nurlanish Vilson va A. Penzias 7,35 sm toʻlqin uzunligida kashf etganlar.
Keyinchalik Koinot kengayish natijasida soviy boshlagan. «Boshlangʻich» vaqtdan bir necha yuz ming yil keyin atrof muhitning trasi 3000—4000K gacha pasaygan, zichlik esa r=10~20 g/sm3 boʻlgan. Shu paytdan boshlab kimyoviy elementlar paydo boʻla boshlagan. Kengayish hozirgi kungacha davom etmoqda, deb hisoblansa, Koinot ham oʻzidagi modda kabi sovimokda, degan xulosa chiqadi. Hozirgi zamonga f=1010-yil boʻlgan; Koinotning hozirgi zichligi r=10~2ʻ g/sm3 deb olinsa, Koinot trasi 2,7 K boʻlgan Reliktiv nurlanish sochib turishi kerak. Darhaqiqat, 1965-y. da Bell telefon kompaniyasi (Angliya)ning radioantennasi 2,7K trali Reliktiv nurlanishni, yaʼni 7,35 sm toʻlqin uzunlikdagi radio nurlanishni qayd etdi.