RENIY (lot. Rhenium) , Re — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 75; at. m. 186, 207. R. tabiatda ikki izotop holida uchraydi; biri — barqaror izotop 185Re (37,07%) va ikkinchisi — kucheiz radiaktiv izotop l87Re(62,93%, Tu^Yu11 y.)dir. Reniy elementini V. va I. Noddaklar 1925-y. da kolumbit mineralidan topdilar. Reniy nomi Germaniyadagi Reyn daryosining lot. nomi (Rhenus^aH olingan. R. Yer poʻstining massa jihatidan 710~8% ini tashkil etadi. U tarqoq element, koʻpincha molibden, volfram, tantal, platina, mis rudalarida, ayniqsa, molibdenit mineralida koʻp.
Reniy och kulrang ogʻir metall, suyuklanish trasi 3180°, kaynash trasi 5900°, zichligi 21,03 g/sm3. R. oddiy trada havoda oʻzgarmaydi, suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Havoda yuqori trada qizdirilsa, uning bir necha oksidlari (ReO3, Re2O7) hosil boʻladi. Reniyning oʻz birikmalaridagi valentligi —1 dan +7 gacha. Reniyning valentligi 4, ayniqsa, 7 boʻlganida barqaror birikmalar hosil boʻladi. Reniy qizdirilganida oltingugurt va galogenlar bilan birikadi, vodorod bilan birikmaydi, u vodorodni yutishi mumkin. Konsentrlangan HCI, HF va H2SO4 da eriydi. Reniyning ftoridlari (ReF7, ReF6, ReF5,) R. ga ftor taʼsir ettirib olinadi. Reniyning xloridi ReCI5, metall Reniyga xlor taʼsir ettirib hosil qilinadi. Reniyning 3 ta oksidi maʼlum: ReO2 — qora tusli, ReO3 — qizil va koʻk tusli, Re2O7 — sariq tusli kristall modda. Reniy (VI) oksid ReO3 va reniy (UP)oksid ReO7 — kislotali oksidlar jumlasiga kiradi. ReO3 ga muvofiq keladigan kislota H2ReO4 olingan emas; lekin uning beqaror tuzlari maʼlum. Re2O7 ga muvofiq keladigan perrenat kislota HReO4 faqat suvdagi eritma holida mavjud. Bu eritma rangeiz, Perrenat kislotaning barqaror tuzlari (Mas, KReO4NH4ReO4) maʼlum.
Reniyning past valentli (+1, +2) birikmalari nihoyatda beqaror boʻlib, faqat kuchli qaytaruvchilar ishtirokida hosil boʻladi. Reniyning ReS2 va Re2S7 tarkibli sulfidlari olingan.
Reniy komplekslar hosil qilishga nihoyatda moyildir. U har qanday valentli holatda ham komplekslar hosil qila oladi. Mac, ReCl5 ni konsentrlangan NS1 ga solinsa, H2[ReCl6] tarkibli kompleks hosil boʻladi.
Reniy ammoniy (yoki kaliy) perrenatni yoxud Reniy oksidlarini vodorod oqimida qaytarish yoʻli bilan olinadi. Undan tashqari, Reniy galogenidlarini yuqori tradavolfram simda parchalab ham sof Reniy olish mumkin.
Reniy elektrotexnika, kimyo texnologiyasi, vakuum texnikasi va b. sohalarda keng qoʻllanadi. Tarkibida Reniy boʻlgan katalizatorlar ammiak va metanni oksidlash, etilenni gidrogenlash kabi reaksiyalarni tezlashtiradi. Reniy turli aniq asboblar yasashda, metallarning sirtini krplashda ishlatiladi.