RENTGEN NURLARI

RENTGEN NURLARI — zaryadlangan zarralar yoki fotonlarning muhitni tashkil etuvchi atomlari bilan oʻzaro taʼsirlashishlari natijasida vujudga keluvchi elektromagnit nurlanish. Ularning toʻlqin uzunliklari Yu»14 m dan 10 ~7m gacha boʻlgan qiymatlarga teng boʻlishi mumkin. Rentgen nurlarini 1895-y. da V. K. Rentgen kashf qilgan. Rentgen bu nurlarni Xnurlar deb atagan (hozirgi vaqtgacha ham ayrim mamlakatlarda Xnurlar deyiladi). Ular katta tezlikdagi elektronlarning moddada tormozlanishi natijasida paydo boʻladi. Rentgen nurlari amalda rentgen trubkasi yordamida hosil qilinadi.

Rentgen nurlari kashf qilingach, ularning tabiatini uzok, vaqtgacha aniqlash qiyin boʻlgan. Chunki Rentgen nurlari elektr yoki magnit maydoni taʼsirida oʻz yoʻnalishini oʻzgartirmaydi, toʻlqin uzunligi kisqaligidan toʻlqin xususiyatini (Mas, difraksiyasini) oʻrganish, isbotlash qiyin boʻlgan. 1912-y. da nemis fizigi M. Laue va uning shogirdlari kristalldan Rentgen nurlari oʻtganida rentgen nurlari difraksiyasi sodir boʻlishini kashf qildilar. Elektron anod moddasiga kelib urilganda, oʻz energiyasining maʼlum qismini Rentgen nurlari ni. ni hosil boʻlishiga sarflaydi. Potensiallar ayirmasi U boʻlgan elektr maydonidan oʻtgan elektronning kinetik energiyasi eU = ^S — boʻladi, bunda ye — elektron zaryadi, V — uning erishgan tezligi. Agar urilish jarayonida elektron qattiq tormozlanib oʻz tezligini nolgacha kamaytirsa, uning tuda kinetik energiyasi Rentgen nurlarining energiyasiga aylanadi, yaʼni = hv yoki max hc/eU; bunda X—P. n. ning toʻlqin uzunligi, v — nurlanayotgan elektromagnit toʻlqin chastotasi, h — Plank doimiysi, s — yorugʻlik tezligi. Demak, potensiallar ayirmasi qancha katta boʻlsa, Rentgen nurlarining toʻlqin uzunligi shuncha qisqa boʻladi. Toʻlqin uzunligi juda qisqa Rentgen nurlari qattiq Rentgen nurlari n,. deyiladi. Odatda, rentgen trubkalariga 50 kV gacha kuchlanish beriladi. Bunday potensiallar farqidan oʻtgan elektron 0,4 s ga yaqin tezlikka erishadi. Betatronda elektronlarga juda katta tezlik berilishi mumkin. Betatronda tezlatilgan elektronlar dastasini biror qattiq nishonga yuborib, juda qisqa toʻlqin uzunlikli Rentgen nurlari hosil qilinadi. Toʻlqin uzunligi qanchalik qisqa boʻlsa, nurlar moddada shunchalik kam yutiladi. Shuning uchun betatronda yuzaga kelgan Rentgen nurlari, ayniqsa, katta oʻtuvchanlik qobiliyatiga ega boʻladi.

Elektronlar tezligi yetarlicha darajada katta boʻlganida elektronlarning tormozlanishi natijasida yuzaga kelgan nurlanishdan tashqari, xarakteristik nurlanish, yaʼni anod atomlarining ichki elektron krbiklarining uygʻonishi natijasida vujudga keladigan nurlanish ham kuzatila boshlaydi.

Rentgen nurlarining optik xususiyatlarida yorugʻlikning barcha xususiyatlariga oʻxshash sinish va qaytish, qutblanish va difraksiya kabi hodisalar kuzatiladi. U yorugʻlikning yutilishiga oʻxshash qonunga boʻysunadi, yaʼni 1=1^», bunda 10 — yutuvchi qatlamga kelayotgan Rentgen nurlari intensivligi, 1x qatlamdan oʻtgan Rentgen nurlari intensivligi, (i. — R. n. intensivligining susayish koeffitsiyenta. Rentgen nurlari intensivligining susayishida, ularning moddadagi kuchli bogʻlangan elektronlar (yaʼni atom ichki qobigʻidagi elektronlar)da, kogerent sochilishi, shuningdek, tashqi kuchsiz bogʻlangan elektronlarda kogerentsiz sochilishi (Kompton hodisasi) va fotoelektr yutilishi muhimdir. Rentgen nurlarining yutilish spektrlari atom elektron qobigʻining energetik satx/iap strukturasini aniqlashda qoʻllaniladi. Rentgen nurlarining moddada yutilish koeffitsiyenti yorugʻlik yutilishi koeffitsiyentiga nisbatan kichik. Shu tufayli Rentgen nurlari turli moddalardan osongina oʻta oladi.

Rentgen nurlari koʻzga koʻrinmaydi, ularni qayd qilish uchun maxsus usullar (fotografiya, ionlash) ishlab chiqarilgan. Fotografiya usulida Rentgen nurlari faqatgina qayd qilinib qolmasdan, ularning intensivligi ham aniqlanadi. Lekin bu usul bilan Rentgen nurlari intensivligini oʻlchashdagi xatolik ionlash usuli bilan oʻlchashga nisbatan kattadir. Ionlash usuli Rentgen nurlari taʼsirida moddadan chiqqan elektronlarning gazni ionlashtirishni oʻlchashga asoslangan. Bunday ionlashgan gazdan oʻtayotgan tok kuchi (gazda maʼlum potensiallar ayirmasi mavjud boʻlganda) Rentgen nurlari intensivligiga toʻgʻri proporsional.

Rentgen nurlari fan va texnikaning koʻpgina sohalarida keng qoʻllaniladi. Ular yordamida atom molekulalar tuzilishi va kristallarning strukturasi oʻrganiladi. Rentgen nurlaridan tibbiyot, biologiya, q. h. va b. sohalarda keng foydalaniladi.

Abror Noʻmonxoʻjayev.