REOMETR (lot. reos — oqim va metro — oʻlchayman) — gaz sarfini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi kapillyar naychadagi yoki boshqa drossellovchi (bosimni pasaytiruvchi) qurilmadagi gazning sarfi bilan chizikli (bevosita) bogʻliq boʻlgan gaz bosimining pasayishi (bosimlar farqi) ni oʻlchashga asoslangan.