REPRODUKTIV ORGANLAR

REPRODUKTIV ORGANLAR (lot. re tiklanish, takrorlanish maʼnosida, produco — yarataman) — oʻsimlik va hayvonlarning koʻpayish funksiyasini bajaradigan organlari. Oʻsimliklarda P. O. — vegetativ jinssiz va jinsiy koʻpayishni amalga oshiradigan har xil tuzilmalar. Jinsiy jarayon va nayel gallanishi boʻlmaydigan prokariotlarda Reproduktiv organlar tinim davridagi sporalar, gormogoniyalar va b. dan iborat. Koʻpchilik zamburugʻlar, suvoʻtlar va nayel gallanishi (sporofit va gametofit) orqali rivojlanadigan sporali oʻsimliklarda Reproduktiv organlar jinssiz koʻpayishda sporangiylar, jinsiy koʻpayishda gematangiylardan iborat. Urugʻli oʻsimliklarda nayel gallanishi yashirin oʻtadi va qizlik sporofit (urugʻkurtak) ona sporofitda rivojlanadi; R. o. dagi mikro va megasporotsitlar, changdon va tuxumning generativ hujayralari hisoblanadi. Koʻpincha Reproduktiv organlar termini keng maʼnoda qoʻllanadi; ularga gullar, mevalar (yopiq urugʻlilar) va strobilalar, yaʼni erkak va urgʻochi qubbalar (ochiq urugʻlilar) va b. generativ strukturalar kompleksi qoʻshiladi. Vegetativ koʻpayish organlari ham Reproduktiv organlarga klritiladi. Hayvonlarda Reproduktiv organlar jinsiy organlar deyiladi.

Prev Article

REPRIZA

Next Article

REPRODUKSION TEXNIKA