REPROGRAFIYA

REPROGRAFIYA [repoʻo(duksiya) va …grafin] — matnlar va grafik tarzdagi asl manbalardan fotografiya va b. usullarda nusxalar olish. Reprografiyada poligrafiya usulidagidek bosma krliplar tayyorlashning hojati yoʻq. Reprografiyada nusxalar asl manbaga anik, oʻxshab chiqadi, nusxalarini istalgan masshtabda olish mumkin, texnologik sikl juda qisqa boʻladi. Reprografiya usullari va vositalaridan korxonalar, kutubxonalar, arxivlar, loyihalash tashkilotlari va b. joylarda foydalaniladi.

Prev Article

REPRIZA

Next Article

REPRODUKTIV ORGANLAR