REYGAN

REYGAN (Reagan) Ronald Uilson (1911.6.2, Illinoys shtatining Tampiko sh.) — AQSHning 40prezidenti (1981— 89), Kaliforniya shtati gubernatori (1967—75), aktyor (1937—67), Kinoaktyorlar kasaba uyushmasi prezidenta (1947). Reygan maʼlumoti boʻyicha iqtisodchi va sotsiolog. Reygan ish faoliyatini turli radiostansiyalarda sport sharhlovchilikdan boshlab, 30 yil Gollivudda aktyor boʻlib ishlagan. 1962-y. dan Respublikachilar partiyasi aʼzosi. Shu partiya tomonidan Kaliforniya shtati gubernatori lavozimiga saylangan. Reygan «konservativ inqilob» siyosatini eʼlon qilib, 70-y. larda yuz bergan iqtisodiy muammoni hal qilish yoʻllarini koʻrsatdi, u tarixda «reyganomika» deb nom oldi. Unga koʻra, soliqlarning miqdori kamaytirilgan, investitsiyalarga toʻsiq boʻlgan davlat yoʻriqnomalarini bekor qilish yoki ixchamlashtirish va shu yoʻl bilan iqtisodning oʻsishini taʼminlash koʻzda tutilgan. Soliklar birinchi yili 25% qolgan 2 yil mobaynida 10%dan amaytirilgan. Reygan tashqi siyosatda Afgʻonistonga bostirib kirgan Sovet Ittifoqiga nisbatan «yovuzlik imperiyasi» siyosatini oʻtkazdi. 1983-y. da Grenada o. bosib olindi, 1986-y. da Liviya havodan bombardimon qilindi.

Prev Article

REINVESTITSIYA

Next Article

REYKYAVIK