ROL (frans.) — 1) sahnada, ekranda aktyor tomonidan ijro etilgan badiiy obraz. Hajviy (komedik), fojiaviy (tragik), dramatik, tragikomedik, shuningdek, birinchi (asosiy) va ikkinchi darajali (epizodik) Rol boʻladi;
2) aktyorning spektakl davomidagi nutqi;
3) koʻchma maʼnoda vazifa, ahamiyat, mavqe, hissa va h. k.