RUBIDIY [lot. rubidus — qizil, toʻq kizil (spektrning qizil qismi chiziklari boʻyicha kashf etilgan), lot. Rubidium], Rb — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 37, at. m. 85,4678. Tabiiy izotoplarining massa sonlari 85 (72, 15%) va 87 (27,85%). 10 dan ortiq sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan.
Rubidiy Bunzen va G. Kirxgof 1861-y. da Germaniyadagi Dyurkgeym mineral suvini spektral analiz qilib, Rubidiyni kashf etganlar. Bunzen 1863-y. da metall Rubidiyni olishga muvaffaq boʻlgan. Rubidiy birikmalari tabiatda kaliy birikmalari bilan birga uchraydi, u Yer poʻstining massa jihatidan 3,110~2%ini tashkil qiladi. Rubidiyning ion radiusi kaliy va seziyning ion radiuslariga yaqin boʻlganligi uchun bu element birikmalari oʻzaro izomorfdir.
Rubidiy suyultirilgan rubidiy xloridni elektroliz qilib olinadi. Rubidiy ishqoriy metallar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda yumshoq, kumush rang — oq metall. Suyuklanish trasi 39,5°, qaynash trasi 685°, zichligi 1,248 g/sm3. R. sanoatda karnallit va lepidolitdan ajratib olinadi. Kimyoviy jihatdan juda faol; suv va kislotalar bilan reaksiyaga kirishganida portlash yuz beradi. Birikmalarida +1 valentli. Kislorod bilan rubidiy peroksid Rb2O2 va rubidiy giperoksid RbO2 hosil qiladi. Rubidiyning gidroksidi RbOH kuchli ishkorlar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda koʻp elementlar bilan bevosita birikadi. Rubidiy gidrid RbH beqaror birikma. Uning nitridi Rb3N bilvosita yoʻl bilan hosil qilinadi. Rubidiyning Rb2C2 tarkibli karbidi, Rb2S tarkibli sulfidi bor. R. baʼzi metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kizdirilsa yoki yoritilsa, oʻzidan elektronlar chiqaradi. Metall holatdagi Rubidiy havosiz muhitda berk idishlarda saqlanadi. Qattiq holatdagi Rubidiy gidroksidga ozon taʼsir ettirilsa, juda kuchli oksidlovchi Rubidiy ozonid RbO3 hosil boʻladi. Rubidiy 300°da grafit bilan qizdirilganida RbCg va RbC]6 tarkibli Rubidiy grafitidlar kelib chiqadi.
Rubidiy, asosan, kunduzgi lampalar i. ch. da, vakuum texnikasida (gazyutgich) va b. soxalarda ishlatiladi, ionli raketalar uchun seziy kabi kelajagi porloq «yonilgʻi» hisoblanadi.