Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

RUSINOV Vladimir Alekseyevich

RUSINOV Vladimir Alekseyevich (1925.12.2, Rostov viloyati) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1985). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1950). 195061 va 1963-y. dan Oʻzbekiston rus akademik drama teatrida. 1961—63 y. lar Polsha teatrida ishlagan. Rusinov keng diapazonli aktyor boʻlib, bu narsa unga komediyami, dramadami yoki fojiada rollarni ishonch b-n oʻynashiga keng yoʻl ochib berdi. Andrey («Xayrli soatda»), Yakov, Alyosha, Aktyor («Soʻnggilar», «Tubanliqsa»), Gerostrat («Nomi oʻchsin»), shoh Fyodor («Shoh Fyodor Ioannovich»), Gayev, Sorin («Olchazor», «Chayka»), Qoʻziyev («Shohi soʻzana»), Rikkardo («Filumena Morturano»), Maxmud («Katta sevgi»), Choʻpon, Mulladoʻst («Maysaraning ishi»), Saidxon («Qonli sarob»), Jadov («Serdaromad joy»), Kontrolyor («Oʻldir meni, jonginam!») kabi rollari ijodida alohida oʻrin tutadi. «Elyurt hurmati» ordeni (1998), «Shuhrat» medali (1995) b-n mukofotlangan.

Prev Article

RUSE

Next Article

RUSLAR