RUSTAM

RUSTAMOʻrta Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotidagi anʼanaviy obraz; mardlik, paxlavonlik haqidagi mifologik tushuncha va epik idealning ramziy ifodasi. Bu obraz fors afsonalari va «Shohnoma»da Eron himoyachisi sifatida naql etilsa, turkiy xalqlar eposi va afsonalarida Afrosiyobning bobosi — Turning avlodajdodidan deb taʼriflanadi va u Turonni chet el bosqinchilaridan himoya qiladi. Rustam obrazida toʻgʻrilik, mexribonlik, adolatparvarlik hamda soddadillik kabi axloq meʼyorlari mujassamlashgan.

Prev Article

RUSTAVELI

Next Article

RUSTAM MEHGAR