RUZVELT

RUZVELT (Roosevelt) Teodor (1858.27.10, Nyu-York — 1919.6.1, SagamorXill, OysterBey, Nyu-York shtati) — AKSHning 26prezidenti (1901—09); Respublikachilar partiyasidan. Lotin Amerikasiga nisbatan bosqinchilik siyosati olib borgan («katta toʻqmoq» siyosati, 1906—09 y. larda Kubani okkupatsiya qilinishi, Panama kanali zonasining egallab olinishi va b.). 1904—05 y. lardagi rusyapon urushi davrida Ruzvelt hukumati Yaponiyani qoʻllabquvvatlagan. Portsmut sulhini imzolanishidagi xizmatlari tufayli xalqaro Nobel tinchlik mukofotini olgan (1906).

Prev Article

RUJICHKA

Next Article

RUKN