SAFAVIYLAR — Eron shoxlari sulolasi (1502—1736). Unga safaviya tarikatining asoschisi shayx Safiuddin Isʼhoq (1252—1334, sulola uning nomi b-n atalgan) avlodi Ismoil I asos solgan. Ismoil I (1502—24); Taxmasp I (152476); Ismoil II (157677); Muhammad Xudobanda (1578—87); Abbos I (1587—1629) va b. yirik namoyandalaridan boʻlgan.