SAFI

SAFI, Asfi — Marokashning gʻarbiy qismidagi shahar. Safi viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 262,3 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Atlantika okeani sohilidagi baliq ovlash va savdo porti (chetga fosforit, baliq konservalari, superfosfat chiqariladi). T. y. orqali Yusufiya, Marrokash va b. shaharlar bilan bogʻlangan. Jahonda yirik fosfor kislotasi i. ch. markazlaridan. Baliq konservalash, toʻqimachilik sanoati korxonalari, kema verfi bor. Baliq ovlanadi. Shaharga 11-a. da asos solingan.

Prev Article

SAFEDKOʻH

Next Article

SAFOGARAY