Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

SALIMOV

SALIMOV Olimjon (1947.30.8, Namangan viloyati Kosonsoy sh.) — rej., aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tining aktyorlik (1969), rej. lik (1993) f-tlarini tugatgan. 1969—84 y. lar Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida aktyor, keyinchalik rej. 1984—93 y. lar Fargʻona teatrida bosh rej., 1993-y. dan Yosh tomoshabinlar teatrida badiiy rahbar. Rej. sifatida «Bir xonada qoʻsh qangoma» (A. Vampilov), «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» (Ch. Aytmatov), «Jafoga vafo» (Alp Jamol), «Temir xotin» (Sh. Boshbekov, «GranPri» mukofoti, 1988, 1989), «Toshkentga sayohat» (Hamza), «Ot yigʻlagan yumonda» (T. Murod), «Ufq» (S. Axmad), «Boz masxaraboz» (O. Salimov), «Sohibqiron» (A. Oripov), «Turna patlari» (Dzuindzi Kinosito), «Ikki chuʼjiza» (K. Gossi), «Dala sayli» («Piknik», F. Arabbal), «Uchar tabib» (Molyer) kabi spektakllarni sahnashshtirgan. Uning spektakllari xalqchilligi, milliyligi, anʼanalarni yangicha, zamonaviy qarashlarga mos :foda vositalarida uygʻunlashtiriligi bilan ajralib turadi. Hamza nomini Oʻzbekiston Davlat mukofoti lareati (1990).

Prev Article

SALIMOV