Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

SALVINI

SALVINI Tommazo (1829.1.1, Milan — 1915.31.12, Florensiya) — italyan aktyori. 19-a. sanʼatining yirik namoyandasi. 1843-y. dan G. Moden rahbarligidagi truppada ishlagan, 1848-y. milliy ozodlik kurashida qatnashgani sababli 2-marta qamoqqa olingan. 60y. lardan oʻzi tashkil etgan truppaga rahbarlik qilgan. 1869-y. dan doimiy gastrollarda (Yevropa, jan. va shim. Amerika, Rossiya va b.) boʻlgan. U, asosan, Shekspir dramalaridagi qahramonlar (Hamlet, Makbet, Lir va b.) obrazi bilan shuhrat qozongan.

Prev Article

SALVEY

Next Article

SALVINIYA