SAMARQAND

SAMARQANDSamarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-y. dan). 1925—30 y. larda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan. gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Sdan Toshkent — Dushanba, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qungʻirot t. y. lari, Katta Oʻzbekiston traktы (Toshkent — Termiz yuli) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariklaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 25,9°, eng yuqori tra 40—42°, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0,2°, eng past tra —26°. Mayd. 0,09 ming km2. Molisi 383,3 ming kishi (2004); 1975-y. 299 ming, 1970-y. 267 ming, 1959-y. 196 ming, 1939-y. 136 ming, 1897-y. 55 ming, 1865-y. 26 ming. Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Xishrov) mavjud.

Tarixiy yozma manbalarda Samarqandning yoshi qadimiyligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Muhammad an Nasafiy «alQand fiy zikri ulamoi Samarqand», Xaydar asSamarqandiy (12-a.) «Qandiyai Xurd», Abu Tohirxoja Samarqandiy «Samariya», Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va b. koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Shu bois oʻrta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida «Gʻarbda Rim, Sharkda Samarqand» deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat takdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib «Boqiy shaharlar» nomini olganlar. Xalqiborasi «Samarqand saykali roʻyi zaminayet» [Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi)] bexuda aytilmagan. Amir Temur S. ni oʻzgacha mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.

«Samarqand» soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari «Samarqand» soʻzining birinchi qismi, yaʼni «Samar» soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Birok tarixda bunday ismli kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning ikkinchi qismi «kent» (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha «Samarya»ra yaqin, yaʼni «yigʻilish, yigʻin» soʻzidan kelib chiqqan deb izoxlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan . Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11a. olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini «Semizkent», yaʼni «semiz qishloq» soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.

Samarqand jahonning eng qad. shaharlaridan biri — 2700-y. dan ortiq tarixga ega. Samarqand mil. av. 4-a. dan mil. 6-a. gacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (q. Samarqand makoni). Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a.) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxm. 10,5 km boʻlgan. Mil. av. 329-y. makedoniyalik Aleksandr (Iskan dar Maqduniy) qoʻshinlari Samarqandni vayron qilgan. Samarqand 6-a. da Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. 7-a. boshidan Zarafshon vodiysi S. xrkimlari qoʻl ostiga oʻtgan. Bu davrda S. Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdosotiq qilgan. Kutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlari 712-yilda Samarqandni egallagan. Qoʻzgʻolon koʻtargan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan maʼlumotga koʻra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻlganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaxr buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—83 y. larda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarilgan (q. Muqanna qoʻzgʻoloni). Arablarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari 9-a. 20 y. laridan Movarounnaxr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, jumladan, Samarqandni boshqarish Somoniylar qoʻliga oʻtdi. Oʻsha vaqtdan Samarqand — Somoniylar davlatining poytaxti boʻldi. 887-y. dan birinchi marta somoniylar kumush tangalari Samarqandda zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga koʻchirilgandan (889) soʻng ham S. Movarounnahrning eng yirik xunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlib qoldi. 11 a. dan Samarqand Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 11-a. da Samarqandni Saljuqiylar bosib olgan. 12-a. dan Qoraxitoylarga tobe boʻlgan. 1210-y. dan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212-y. samarqandliklar Xorazmshohga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 1220-y. Chingizxon qoʻshinlari Samarqandga bostirib kirib, shaharga oʻt qoʻygan va aholining koʻp qismini kirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan soʻng S qayta tiklana boshlagan. 13-a. ning 2-yarmida Samarqandga kelgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo «Sonmarkon kapa va mashxur shahar» deb yozgan. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Samarqand Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻlgan.

14-a. oʻrtalarida Movarounnahrda moʻgullarga qarshi xalqharakatlari boʻlib oʻtdi. Sarbadorlar qoʻztloni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati oʻrnatildi. 14-a. oxiri va 15-a. da Samarqand ningiqgisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur boʻldi. Bu davrda Samarqand koʻpgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari oʻrnatgan. Samarqandda koʻplab hashamatli meʼmoriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V. V. Bartold taʼkidlaganidek, Amir Temurning fikriga koʻra, S jahonning birinchi shaxri boʻlishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405)dan soʻng Samarqand taxtini Ulugʻbek egalladi. Ulugʻbek davrida Samarqandda qurilishlar avj oldi. Qoʻshni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. 15-a. oxirida Samarqandni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497). 1500-y. Shayboniyxon S. ni deyarli urushsiz bosib oldi. 16-a. oʻrtalarigacha Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti boʻlib turdi. Oʻsha vaqgdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro xonligi (amirligi) tarkibqda boʻlib keddi. 1723 — 30 y. larda qozokdar bosqini davrida katta talofat koʻrdi. 1740—47 ylarda Nodirshohga tobe boʻldi. 17-a. ning 1-yarmida olchin urugʻidan chiqqan oʻzbek harbiyzamindorlarining yirik vakili Yalangtoʻsh Bahodir S. hokimi boʻlgan. 1758—1868 ylarda esa Samarqand Buxoro amirligiga itoat qilgan.

1868-y. 1-mayda Samarqand yaqinidagi Choʻponota tepaligida rus podshosi qoʻshinlari bilan samarqandliklar oʻrtasida qattiqjang boʻldi. Samarqand aholisi shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat ruslar katta talofatlar berib shaharni 2-mayda egalladilar. Keyinchalik Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. Soʻngra unga Panjakent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi togʻli r-nlar ham qoʻshildi. 1886-y. Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Samarqand uning maʼmuriy va savdo markaziga aylandi. Oʻsha vaqtdan boshlab, shaharda yangi tipdagi binolar kurila boshladi, yangi sanoat korxonalari qad koʻtardi. 20-a. boshiga kelib Samarqand dagi korxonalar, t. y. ustaxonalarida ishchilar soni koʻpaydi. 1917-y. 5 dek. da Samarqandda hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. 1918-y. 11 apr. da Samarqandda shoʻrolarning viloyat syezdi boʻlib, syezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilishi eʼlon qilindi. 1925—30 y. larda S. Oʻzbekiston poytaxti boʻlib turdi. 1991-y. Oʻzbekiston mustamlakachilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erishgach, Samarqand respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi.

Samarqandni arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari 19-a. ning oxirlarida boshlangan edi. 1895-y. da sharqshunos olim V. V. Barsholdshsht tashabbusi bilan tuzilgan «Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi» aʼzolari Samarqand dagi Afrosiyobni koʻp asrlar xazinasi deb qarab, unda keng koʻlamdagi arxeologik qazishma ishlarini olib bordilar. V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiypar oʻtkazgan arxeologik qazishmalar natijasida turli xildagi qad. buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908-y. da V. L. Vyatkin S. chekkasida joylashgan Ulugʻbek rasadxonasining oʻrnini aniqladi va qazish ishlarini oʻtkazdi. Natijada rasadxona xarobasi hamda uning yer ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. Oʻsha davrdan boshlab Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini oʻrganishda dastlabki qadamlar qoʻyildi. 1912—13, 1929—30 y. larda V. L. Vyatkin, 1912-y. M. Ye. Masson Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordilar. A. I. Terenojkin 1945—48 y. larda S 2500-yillik tarixga ega deb belgiladi; shahar tarixi davrlashtirildi.

1950y. lardan boshlab Afrosiyobda muntazam arxeologik qazishmalar oʻtkazish, ayniqsa, 1958-y. dan V. A. Shishkin rahbarligida, 1966-y. dan boshlab esa Ya. Gʻ. Gʻulomov boshchiligida faollashdi. Afrosiyobni oʻrganish ishlari koʻlamini kengaytirish maqsadida, 1966-y. da doimiy harakatdagi Afrosiyob kompleks arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil etildi. 1970-y. da Samarqandda Oʻzbekiston FAning mustaqil Arxeologiya in-ti tashkil etilishi Samarqand dagi arxeologik qazishmalarni yanada keng koʻlamda olib borishga imkoniyat yaratdi. Arxeologik qazishmalar natijasida Samarqandning yoshi aniklandi va 1970-y. da shaharning 2500-y. lik yubileyi keng nishonlandi. 1971—77 y. larda Sh. Toshxoʻjayev, 1978—85 y. larda G. V. Shishkina qazishma ishlarini olib bordilar. Mustaqillik yillarida arxeologik qazish va i. t. ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida fransiyalik akad., sharqshunos arxeologlar Pol Bernar va Frans Grene, oʻzbek arxeolog olimlari prof. M. Isomiddinov, A. Anorboyev va tadqiqotchi A. Otaxoʻjayevlar bilan hamkorlikda ishladilar. Natijada, Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni oʻrganish jarayonida yer sathidan 10—15 m chuqurlikda mil. av. 9—7-a. oʻrtalariga oid ashyolar topildi. Bular qoʻlda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari va shuningdek, guvaladan tiklangan 7 m qalinlikdagi mudofaa devori qoldiklaridir. Afrosiyobning 19 gektarlik ark qismi devor bilan butunlay oʻrab olingan. Afrosiyobning boshqa joylari ham tekshirib koʻrilganda quyi qatlamlaridan shunga oʻxshash va mil. av. 9—8-a. larga oid ashyolar topildi.

Afrosiyobdan topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida oʻrganilib, ular mil. av. 8-a. ga, aniqrogʻi 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi.

Samarqand bunyod boʻlganidan buyon u Oʻrta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega boʻlib keldi. Shaharning Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning shoyi toʻqish, mashhur Samarqand qogʻozi i. ch., kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va b. turlari hamda savdosotiq ishlarining rivojiga turtki boʻldi. Samarqandda qadimdan ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahallaguzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, mas. «Soʻzangaron» (igna tayyorlovchilar), «Kamongaron» (oʻqyoy yasovchilar) va b. nomlar hoz. kungacha yetib kelgan.

1841—42 y. larda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N. V. Xanikovning yozishicha, oʻsha vaqtda Samarqand baland devor bilan oʻralgan boʻlib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, Soʻzangaron, Xoja Ahror boʻlgan. Kechalari shaharga kiribchiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km2ni tashkil qilgan. Shaharda juda koʻp bogʻ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita gʻishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Axror xammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat koʻrsatgan. Koʻchalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bogʻlagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu oʻrtasidagi koʻcha ancha serqatnov boʻlgan. Qoʻrgʻon shaharning gʻarbiy qismida boʻlib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.

Samarqandning yevropacha tipdagi qismini qurish ishlari 1871-y. da boshlandi. Oʻsha vaktda okrug gubernatori general Abramovning buyrugʻiga muvofiq, mahalliy aholining yer uchastkalari musodara kilinib va sotib olinib, ofitserlar xamda amaldorlarga, kichik harbiy lavozimdagi oilali kishilarga, va, mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meshchanlarga boʻlib berilgan. Kichik lavozimdagi harbiylarga «Soldatskaya slobodka» deb ataluvchi shim. gʻarbiy buluk ajratilgan. Oʻsha davrda Eski va Yangi shahar oʻrtasida xiyobon va bogʻ barpo etildi, xarbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofitserlar majlis oʻtkazadigan bino quriddi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Sda bir nechta kayta ishlovchi mayda korxonalar vujudga keldi. Shaharda 34 paxta tozalash, 20 vino, bir necha spirt, pivo z-dlari, tegirmonlar ishlagan. Metallni kayta ishlash z-dida bir qancha presslash, 2 ta yoʻnuvchi, 2 ta vint kesish stanogi boʻlib, choʻyan buyumlar, zanjir, oʻroq, panshaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar ishlab chikarilgan. Samarqand — aholisining soni va sanoatining koʻlami boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinlardan birida. 1930y. larda pillakashlik va shoyi toʻqish f-kalari, meva konserva z-di, choy qadoqlash f-kasi qurildi. 1940—70 y. larda Samarqandda «Krasnыy dvigatel», «Kinap», tamakifermentatsiya z-dlari, yigiruv f-kasi, superfosfat z-di, poyabzal va tikuvchilik f-kalari, uysozlik k-ti, chinni z-di va b. korxonalar qurib ishga tushirildi.

Shoʻro davrida shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham koʻchib keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa oʻz holicha tashlab qoʻyildi, koʻp meʼmoriy yodgorliklar qarovsiz qolib, xaroba holiga kelib qoldi.

Mustaqillik yillarida Samarqandda sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar i. ch. amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Koʻplab qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi Samarqandda joylashgan. Bular «SamKochAvto» (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), «Alpomish» (traktorlar, gilzaporshenlar), «Tajribamexanika» (parmalash uskunalari), «Kinap» (kinoapparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbobuskunalari z-dlari, uyroʻzgʻor sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos oʻgʻitlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat z-di, liftsozlik, marmar taxtalar, gʻisht, asfaltbeton z-dlaridir.

Shahardagi yengil sanoat korxonalaridan pillakashlik, shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal f-kalari, chinni z-di faoliyat koʻrsatadi. Oziqovqat sanoatida: un-tegirmon, makaron, choy qadoqdash, sutmoy, mevakonserva, vino, pivo, spirtaraq va alkogolem ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud.

Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qoʻshma korxonalarning asosiy qismi Samarqandda joylashgan. Bular: Oʻzbekiston—Turkiya «SamKochAvto», Oʻzbekistan—Amerika—Angliya «UzBAT», Oʻzbekiston—Chexiya «Praga» (mineral suv qadoklash), Oʻzbekiston— Latviya «Bravosut» qoʻshma korxonalari va b. Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmoqda. Shaharda minglab kichik va oʻrta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor. Samarqandda 25 dan ortiq yoʻnalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. 2003-y. 30-dekabrdan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi.

Samarqand qadimiy tarixi va meʼmoriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shaxriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982-y. da Samarqandning Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar va 19—20-a. larda qurilgan «Yangi shahar»dagi binolar, tarix va oʻlkashunoslik muzeylari asosida «Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi» tuzildi. Oʻsha yilda shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi.

Samarqandning meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari 2001-y. da YUNESKOning Finlyandiyada oʻtkazilgan 25sessiyasida Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi.

Samarqandda 73 ta yirik tarixiy meʼmoriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va b. saqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda Abu Mansur alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan Chokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Margʻinoniy vafotining 800-yilligi (1997), tavalludining 910-yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi (Samarqand sh. dagi Chokardiza kabristoniga dafn etilgan). Samarqandning markaziy maydoniga Amir Temur haykali oʻrnatildi. Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi oʻzining goʻzalligi bilan eʼtiborni oʻziga tortadi. Samarqandga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga xizmat koʻrsatuvchi: «Afrosiyob», «Samarqand», «Zarafshon», «Bogishamol», «Markaziy», «Prezident otel» kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga «Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasining Samarqand boʻlimi xodimlari xizmat koʻrsatadilar.

Samarqand dagi oliy oʻquv yurtlari (unt, tibbiyot, q. x., iktisodiyot va servis, meʼmorlikqurilish va chet tillar intlari)da 19,1 ming talaba oʻqiydi. 2002/ 2003 oʻkuv yilida shahardagi 36 ta oʻrta maxsus bilim yurti, kollej, akademik litsey va internat maktablarida 25,7 ming, 67 umumiy taʼlim maktabida 76,7 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi.

Shahar respublikaning yirik fan markazlaridan biri. Samarqandda pedagogika akademiyasi asosida tashkil topgan SamDU katta mavqega ega. Qorakoʻlchilik, Isayev nomidagi parazitologiya va gelmintologiya (1925), Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, arxeologiya ilmiy tadqiqot intlari, Oʻzbekiston FAning Samarqand boʻlimi turli yoʻnalishdagi i. t. ishlarini olib bormoqdalar.

Samarqandda 4 ommaviy kutubxona, Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musikali drama teatri, A. P. Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. «Samarqand» gaz. chiqadi. Shaharda 1566 oʻrinli 11 kasalxona, 348 statsionarda 1561 malakali vrachlar xizmat koʻrsatadilar. Choʻponota tepaligi yonida dam olish uyi, Markaziy, Soʻgʻdiyona madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar «Afsona» akvaparki, koʻplab stadion, tennis kortlari, «Delfin» suzish majmui bor.

Samarqand zaminida mashhur donishmandlar, allomalar voyaga yetgan, jumladan, Ulugʻbek Samarqandda munajjimlar maktabiga asos soldi, Madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning atrofida butun bir ilmiy maskan — Ulugʻbek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ulugʻbek akademiyasida amalga oshirilgan ishlar jahon fan olamida tan olindi.

16—17-a. larda Samarqandda Miram Chalabiy, Mullo Abdulali Nazmuddin ibn Muhammad ibn Husayn Birichandiy, Amir Akbar Samarqandiy, Doʻstiy Samarqandiy, Koshifiy Samarqandiy, Mir Jaloliddin Xorazmiy, Mavlono Abdulxayr Samarqandiy va sh. k. koʻplab fan va madaniyatning mashhur namoyandalari ijod etganlar.

Samarqand shahrida hoz. kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining Samarqandda oʻtkazilishi muhim ahamiyatga egadir.

Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos oʻrni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qoʻshgan buyuk hissasining eʼtirofi sifatida Samarqand «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlandi (1996-y. 28 avg.). Ordenni 1996-y. 18 okt. da OʻzR Prezidenta I. A. Karimov topshirdi.

Manbalar va ad.: Samarqand tarixi, T., 1—2 j., 1971; Samarqand (prof. Z. M. Akramov tahriri ostida), T., 1961; Samarqand shahri toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar, S, 2002,Umnyakov I. I., Aleskerov Yu. N., Samarqand (spravochnikyoʻlkoʻrsatkich), T., 1968; Pugachenkova G. A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Zohidov P., Samarqand meʼmorlik maktabi (19— 20asr boshlari), T., 1965; Bartold V. V., Istoriya Samarqanda pri Timuridax. Soch., tom 6, M, 1966; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Vыdayuщiyesya pamyatniki arxitekturы Oʻzbekistana, T., 1959; Yakubovskiy A. Yu., Iz istorii arxeologicheskogo izucheniya Samarqanda, Samarqand, 1927; Shishkin V. A. Kalai Afrasiyab, sb. «Afrasiyab», vыp. №1, T., 1969; Shishkin V. A., Afrasiyab — sokroviщnitsa drevney kulturы, T., 1966.

Ahmadali Asqarov, Toshpoʻlat Jumaboyev, Orzimurod Rahmatullayev.

Prev Article

SAMARIYA

Next Article

SAMARQAND