SAMOA, Dengizchilar orollari — Tinch okeandagi vulkan orollari, Polineziyada, 13—14° j. k. da. Eng yirik orollari — Savayi, Upolu, Tutuila. Mustaqil davlat — Samoa va AQSH mulki boʻlgan Sharqiy Samoaga boʻlingan. Kadimda Samoaga polinezlar kelib oʻrnashgan. Yevropaliklardan orolga ilk bor (1722-y. da) gollandiyalik Ya. Roggeven borgan. 1768-y. da fransuz dengizchi sayyohi A. Bugenvil orolga kelib, unga Dengizchilar orollari deb nom bergan.