SAPAROVA Zulayho (1930.23.2, Toʻrtkoʻl) — qoraqalpoq raqqosasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). 1954 — 76 y. lar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon raqqosa. 1976-y. dan baletmeysterlik qilgan. «Tinchik kabutari», «Yurak torlari», «Namabasi», «Nozli» kabi qoraqalpoqcha, oʻzbekcha «Zang», «Lazgi», «Dildor», «Pilla», «Nozigim» kabi raqslari bilan tanilgan. Uning raqslari shoʻxchanligi, ayni paytda mayin va milliyligi, jozibadorligi bilan ajralib turgan. S, shuningdek, hind, turkman, tojik va b. xalqlar raqslarini ham mohirona ijro etgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1968).