SAPAROVA

SAPAROVA Anorgul Seytnazar qizi (1958.1.12, Xoʻjayli tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Xoʻjayli ped. bilim yurtini tugatgan (1977). 1977-y. dan Xoʻjayli sh. dagi mehribonlik uyida tarbiyachi, boshlangich sinf oʻqituvchisi. Xoʻjayli sh. dagi maktablarda chizmachilik va tasviriy sanʼat oʻqituvchisi (1979—92). Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻtgan.

Prev Article

SAPARBOYEVA

Next Article

SAPAROVA