SAPOTEKLAR — Meksikaning Oaxaki shtatida yashovchi indeys xalqi. 350 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Sapotek tilida soʻzlashadi. Amerika katta mongoloid irqiga mansub. Dindorlari — katoliklar. Sapoteklarning Monte — Alban sh. Meksikaning qad. madaniy markazi hisoblangan. Sapoteklar madaniyati Meksika tarixida eng qad. hisoblanadi (mil. av. 4-a. — mil. 16-a. ning boshlari). 150 ga yaqin 4 kamerali daxmalar, saroylar, ehromlar, juda koʻp devoriy yozuvlar, rasadxona, 120 qatorli ulkan amfiteatr, 40 m kenglikdagi tosh zina, toʻp oʻynash uchun moʻljallangan stadion va b. ochilgan. Mishteklar sardori kabridan katta miqdorda noyob tilla zargarlik buyumlari topilgan. S, asosan, q. x., hunarmandchilik, chorvachilik, baliq ovlash bilan shugʻullanadi.