Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

SARDINIYA QIROLLIGI

SARDINIYA QIROLLIGI (Pye mont) — Italiyada mavjud boʻlgan davlat (1720—1861). Savoyya gersogligiga Sardiniya o. ni qoʻshilishi bilan barpo etilgan. Sardiniya qirolligini Savoyya sulolasi boshqargan. Parchalangan Italiyani 19-a. da birlashtirish jarayoni Sardiniya qirolligi negizida sodir boʻlgan.

Prev Article

SARDINIYA