SARKARDA

SARKARDA (fors. — boshliq, boshlab boruvchi) — 1) qoʻmondon, lashkarboshi;

2) Xiva xonligida harbiy mansab. Slar qoʻshin urush safariga chiqqan davrda tayinlangan. Ular qoida boʻyicha oʻz urugʻlaridan tayinlanmagan. Xonlar buni ehtiyotkorlik deb hisoblashgan. Slar bevosita xonning yorligʻi bilan tayinlanib, xarbiy mahkama kishilari boʻlmasligi ham mumkin boʻlgan (mas, miroblar Sarkarda boʻlishi mumkin edi);

3) amir, shahar hokimi, bek, mingboshi va yuzboshi ham baʼzan Sarkarda deb yuritilgan;

4) Eronda qoʻshin boshligʻi.

Prev Article

SARKAND

Next Article

SARKISYANЫ