SASSAPARIL, sassaparel, sarsaparel (Smilax) — piyozdoshlar oilasiga mansub tikanli doim yashil lianalar turkumi. Asosan, Oʻrta dengiz atroflarida, shuningdek, Osiyo va Shim. Amerikaning tropik va subtropik va moʻtadil hududlarida oʻsadigan 200 dan ortiq turi maʼlum. Kavkazda Sassaparilning (S. excelsa), Primorye oʻlkasida (S. oldhamii — Oldgem Sassaparil) turlari oʻsadi. Meksikada oʻstiriladigan tibbiyot Si (S. medica), xitoy Si (S. china) va shifobaxsh (S. S. utilts) qadimdan tibbiyotda ishlatiladi. Gullari bir jinsli, mayda. Mevasi kizil, 1—3 urugʻli rezavor. Gajagi bilan oʻralib oʻsadi. Mayiyunda gullab, mevasi okt. noyab. oylarida pishadi. Urugʻi va ildizidan koʻpayadi.