SATIN (frans. satin) — paxta ipi yoki kimyoviy toladan toʻqiladigan gazlama. Xuddi atlasta oʻxshab toʻqiladi, lekin atlasning oʻngiga tanda iplari koʻproq chiqib turadi, yaʼni Satinning oʻngida arkok iplari koʻproq boʻladi. Har metr S. ning ogʻirligi —90—150 g. S. ayol va erkaklar koʻylagi, astarlik va b. uchun ishlatiladi.