SATIRA

SATIRA (lot. satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir obyektini ayovsiz kulgi vositasi opkali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obyektiga «ishlov» beriladi. S muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va b.) ham foydalanishi mumkin, biroq S uchun salbiy tuye berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi.

S. Qad. Rimda lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik oʻzining janriy xususiyatlarini yoʻqota borib, koʻpgina janrlar (masal, epigramma, burleska, pamflet, felyeton, komediya va satirik roman)ning oʻziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga oʻxshab qoladi. Satira ijtimoiy kurashning eng muhim vositasi boʻlib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol taʼsir koʻrsatadi. Satiraning maʼnaviy taʼsir kuchining oʻtkirligi unda inkor qiluvchi kulgi orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal boʻlishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va b. ijtimoiy illatlarga qaramaqarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuygʻularni uygʻotish va qayta tiklashdan iborat. Sda muallifning individualligi kulgi ostiga olingan obyekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq gʻoyaviy munosabat bildirish orqali namoyon boʻladi.

Satirik anʼanalar Sharq xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa boʻlib qoʻshilgan va Sharq adabiyoti shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda «Ming bir kecha» zaminida, sanskritcha «Panchatantra», forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va oʻzbek latifalari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) Slar ham Sharqda koʻpdan mashhur. Uning gʻoyalari xitoy novellalari, fors adabiyoti ruboiylari va hind qissalari motivlari bilan sugʻorilgan. Rus adabiyotida N. V. /gol, M. Ye. SaltikovShchedrin vab. Satirani yuksak bosqichga koʻtardilar. Oʻzbek adabiyotida Satiraning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va aytishuvlar, Nasriddin Afandi, Aldar koʻsa obrazlarida) yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan. Navoiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqimiy, Zavqiylar Satira janrida ijod qildilar. Satiraning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, Gʻozi Yunus, Soʻfizoda, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, N. Aminov, S. Siyoyev va b. nomi b-n bogʻliq. Satira tasviriy sanʼatd a ham qadimdan maʼlum. Kdd. Rim, Xitoyda satirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va b. ishlangan. Rassomlik sanʼati (jumladan, grafika)da rivojlangan. F. Goyya, O. Domye, X. Bidstrup va b. rassomlar ijodi Satira rivojida muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda S taraqqiyotiga «Mushtum» jur., «Jangovar kalam», «OʻzTAG oynasi» katta hissa qoʻshgan. Yana q. Karikatura, Hajv.

Prev Article

SATI

Next Article

SATIRA TEATRI