SAYRA

SAYRA (Cololabis saira) — sargansimonlar turkumiga mansub tuda boʻlib yashovchi dengiz baligʻi. Uz. 36 sm gacha, vazni 200 g gacha, Tinch okeanning shim. kismi va Yapon dengizida tarkalgan. 5—6 y. yashaydi; 3—4 yoshida voyaga yetadi. Yanvariyun oylarida Yapon dengizi jan. qismiga 9—23 ming uvildiriq tashlaydi. Uvildiriklari yopishqoq iplar yordamida suv oʻtlariga ilashib qoladi. Plankton bilan oziklanadi. Ovlanadi.

Prev Article

SAYO JANGI

Next Article

SAYRAM