SEDAN

SEDAN (Fransiyadagi Sedan shahri nomi bilan bogʻliq, deb taxmin qilinadi) — yengil avtomobil kuzovining nomi. Sedanning 4 eshigi va orasida toʻsigʻi boʻlmagan kamida 2 qator oʻrindiklari boʻladi. Sedan juda mustahkam yuk koʻtaruvchi konstruksiyani hosil qilishga imkon beradi. Mac, BA32101, GAZ31 («Volga»), «Neksiya» va b. avtomobillarning kuzovi Sedan tipida yasalgan.

Prev Article

SEGU

Next Article

SEDANA