SEDIMENTATSION ANALIZ

SEDIMENTATSION ANALIZ — dispers sistemalardati zarralarning oʻlchamini va polimerlar eritmasidagi makromolekulalar mol. m ni sedimentatsiya tezligi boʻyicha aniqlash usullari majmui. Bu usullar dispers likning oʻrtacha tavsifini, shuningdek, zarralarning oʻlchami yoki massasi boʻyicha taqsimlanish egrisini (polimerlar uchun molekulyarmassaviy taqsimlanishni) aniqlashga imkon beradi. Zarralar oʻlchami 1 mkm. dan katta boʻlgan dagʻal dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya) uchun gravitatsion maydondagi sedimentatsiya, kolloid sistemalar va polimerlar eritmasi uchun markazdan qochma kuch maydonidagi sedimentatsiya qoʻllanadi; markazdan qochma tezlanish 100 000 gacha tenglashib, ultratsentrifugalarda rotorning aylanish tezligini minutiga bir necha oʻn minglabgacha yetkazadi.

Prev Article

SEDAN

Next Article

SEDIMENTATSIYA