SEKSTANT

SEKSTANT (lot. sextans — oltinchi) — ufq ustidagi osmon yoritqichlarining balandligini belgilash yoki kuzatuvchi joyi koordinatalarini aniqlash maqsadida koʻrinadigan jismlar orasidagi burchaklarni oʻlchash uchun moʻljallangan koʻzguliqaytargichli asbob. Uning yordamida 140° gacha burchaklarni oʻlchash mumkin. Sekstantning ishi yorugʻlikning yassi koʻzgulardan qaytish qonuniga asoslangan. Asosan, korpus, kuzatuv trubkasi (optik trubka) va shkaladan iborat. Limbi aylananing 1/6 qismi (60°) ni tashkil kiladi (nomi shundan). Sekstant yordamida, mas, kosmonavt osmondagi oriyentirlar orasidagi burchak masofani yoki Oy sirtiga qoʻnganda ularning mahalliy ufqsan balandligini aniqlaydi. Sekstant qadimdan koʻpgina rasadxonalarda (mas, Ulugʻbekrasadxonasit) qoʻllanib kelgan.

Prev Article

SEKST EMPIRIK

Next Article

SEKSTANT