SEMINARIYA — oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining bir turi. 16-a. ning 2-yarmidan Gʻarbiy Yevropaning qator mamlakatlarida diniy oʻquv yurtlarini Seminariya deb atay boshladilar. 17-a. da Gʻarbiy Yevropada oʻqituvchilar tayyorlovchi Seminariyalar tashkil etilgan (1684-y. Fransiyaning Reyms sh. da, 1695-y. Germaniyaning Galle sh. da). S 19-a. ning 1-yarmida shveysariyalik pedagog I. G. Pestalossi gʻoyasi asosida rivojlandi. 1917-y. gacha Rossiya va Ukrainada boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlaydigan ped. oʻquv yurtlari oʻqituvchilar Seminariyasi deb atalgan.