Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

SENJON PERS

SENJON PERS (SaintJohn Perse) [taxallusi; asl ism-sharifi Aleksi Leje (Leger)] (1887.31.5, Gvadelupa 1975.20.9, Jyen, Var departamenta) — fransuz shoiri. Bordo un-tini tugatgan (1914). Qarshilik koʻrsatish harakatining yirik vakillaridan. Ilk sheʼriy toʻplami — «Eklogalar» (sheʼriy dialog, 1910). Tabiat olami, milliy anʼanalar, umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlar haqida kuylagan («Anabasis» dostoni, 1924). «Quvgʻun» (1942), «Shamollar» (1946) sheʼriy turkumlari va «Yoʻnalish» (1957), «Qushlar» (1963) dostonlarida vatanparvarlik ruhi kuchli. Nobel mukofoti laureati (1960).

Prev Article

SENEKA

Next Article

SENKEVICH