SERVEYER

«SERVEYER» (ing. surveyor — izlanuvchi, tadqiqotchi) — AQSHning Oyga uchiriladigan avtomatik st-yalar va shu st-yalarni yaratish hamda uchirish dasturi nomi. Styaning diametri 4,27 m, bal. 3 m. «Serveyer»ning Yerdagi massasi ~ 1 t, Oyga qoʻngandan keyingi massasi ~ 285 kg. Avtomatik boshkarish sistemasi Oyga qoʻndirish uchun moʻljallangan raketa dvigateli bilan taʼminlangan. Bortiga i. t. asboblari, Oy sirtini kuzatish uchun televizion kamera oʻrnatilgan. Quyosh batareyasidan elektr energiya oladi. Styaning asosiy vazifasi — «Apollon» kosmik kemasini yaratishning ilmiy va texnik masalalarini hal qilish bilan bogʻliq; unda bajarilgan tadqiqotlar: Oy tuprogʻi tahlil qilindi, qoʻnish paytida suyuq yonilgʻili raketa dvigatelidan chiqadigan yonilgʻi mahsulotlari oqimi Oy tuprogʻiga taʼsiri oʻrganildi hamda yumshoq qoʻndirish tizimi sinovdan oʻtkazildi. 1966—1968-y. larda 7 ta «Serveyer» uchirilgan.

Prev Article

SERB-XORVAT TILI

Next Article

SERVIS