SIGNAL

SIGNAL (lot. signum — belgi) — 1) axborot, maʼlumot va b. ni muayyan masofaga uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi. Mexanik, issiqlik, yorugʻlik (mas, sfetofor Si), elektr, elektromagnit, tovush va b. turlari boʻladi. «Signal» tushunchasi kibernetika fanida aniq ifodalab berildi. Shunga koʻra, aniq bir hodisa toʻgʻrisidagi axborotni eltuvchi Signal 4 tarkibiy qism birligidan iborat. Bular: S. ning fizik vositasi (eltuvchisi), S. ni ifodalash shakli (sintaksis); interpretatsiya mazmuni (semantika); ayni bir Signalga har xil maʼno berish qoidalari (pragmatika). S. larni oʻzgartirish va uzatishga oid umumiy qonuniyatlarni informatsiya nazariyasi oʻrganadi;

2) geodeziyaaa triangulyatsiya punktlarida oʻrganiladigan yogoch yoki metall belgi (minora). Bir minoradagi Signal ikkinchisidan koʻrinib turishi kerak. Joylarda burchak oʻlchash paytida teodolitni oʻrnatish va b. geodezik oʻlchash ishlari uchun qoʻllanadi (yana q. Geodezik punkt).

Prev Article

SIGIR YILI

Next Article

SIGNALIZATSIYA