SIKHLAR

SIKHLAR — 1) Hindistondagi sikxizm tarafdorlari. Boburiylar bilan uzoq vaqt urushlar olib borishgan (17—18-a. ning boshi) va Panjobda oʻz davlatini tuzishgan (1765—1849). Sikhlarni tashqi koʻrinishiga qarab Hindistonning boshqa xalqlaridan ajratish oson. Erkaklari soqol oʻstiradi, sochlarini oldirmaydi. Sochlarini bosh kiyim — pagriy (salla)ga taroq bilan turmaklab qoʻyadilar, soqollarini iyaklariga oʻziga xos ravishda bogʻlab quyishadi. Sikhlar doimo bellariga xanjar (yoki qilich) va qoʻllariga bilaguzuktaqib yurishadi. Sikhlar — dehqonchilik, hunarmandchilik, temirchilik bilan shugʻullanadi, ayrimlari sanoatda band;

2) panjobilardan ajralib chiqqan xalq. Umumiy soni 16,7 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari), shu jumladan, Hindistonda 16,5 mln. kishi. Sikhlar panjobi tilida soʻzlashadi. Dindorlari sikxizmga eʼtiqod qiladi.

Prev Article

SIKHIZM

Next Article

SIKHLAR QOʻZGʻOLONI